Namangan engineering-economical institute
 
Main menu
Login
Username:

Password:


Lost Password?

Register now!
Counter
Links
Vice Rector for Finance and Economy
  Posted on Wed 19 Aug 2009 by mrmelhay (496 reads)

RAVSHANJON BAHRIDDINOVICH ISMOILOV




• Ilmiy unvoni: iqtisod fanlari nomzodi;

• Ilmiy darajasi: dotsent;

• 1959 yil 30 sentyabrda tug’ilgan.

• 1980—1984 yillarda Toshkent qishloq xo’jaligi institutida (hozirgi Toshkent agrar universiteti) tahsil oldi va uni imtiyozli tamomlab, qishloq xo’jaligining iqtisodchi-tashkilotchisi mutaxassisligini egalladi.

• 1986 yildan 1989 yilgacha O’rta osiyo qishloq xo’jaligi ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida o’qib, nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatdi himoya qildi va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo’ldi.

• 1989—1992 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jalik fanlari akademiyasida katta ilmiy xodim vazifasida ishladi.

• 1992 yil sentyabrdan Namangan sanoat-texnologiya institutida (hozirgi NamMPI) katta o’qituvchi, keyinchalik iqtisodiyot fakulteti dekani muovini, 1997 yildan institut qoshidagi tadbirkorlik va biznes maktabida direktor va xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i vazifalarida ishladi.

2002 yil sentyabrdan 2003 yil may oyigacha xalqaro aloqalar va informatsion texnologiyalar bo’yicha prorektor lavozimida ishlagan.

1997 yildan 2003 yil iyuligacha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti «Ustoz» jamg’armasi Namangan viloyati bo’limi ijrochi direktori va 2003 yil iyuldan boshlab O’zbekiston Respublikasi Prezidenti «Iste`dod» jamg’armasi viloyat bo’limi ijrochi direktori vazifasida ishlamoqda.

2003 yil 5 maydan Namangan muhandislik iqtisodiyot institutida iqtisod fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda.

1982 yildan shu kungacha turli xalqaro va respublika tanlovlarida qatnashib, grantlar sohibi sifatida AQSH, Germaniya, Hindiston, Kanada, Niderlandiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Pokiston, Polsha, Belgiya kabi mamlakatlarda tajriba almashib, malaka oshirib kelgan. Hozirda ham xalqaro loyihalarda ishtirok etib kelmoqda.

Shu bilan birga 80 dan ortiq ilmiy-uslubiy qo’llanmalar muallifi va xalqaro hamda mahalliy ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisidir.

Index :: Print :: E-mail
Language selection
English Russian Uzbek
Sites of Institute
Tanlov.uz
Search