Namangan engineering-economical institute
 
Main menu
Login
Username:

Password:


Lost Password?

Register now!
Counter
Links
News : Äàñòóðëàø á¢éè÷à æàҳîí ÷åìïèîíàòè áîøëàíèø àðàôàñèäà
Posted by durbek82 on 2009/10/19 9:30:00 (586 reads)

Toshkent axborot tehnologiyalari universitetida joriy yilning 17 oktabr kuni “Dasturlash” bo’yicha Jahon chempionati o’tkazilmoqda. Har yili Respublikada shakllanayotgan Milliy komp'yuter dasturchilari maktabini yanada rivojlantirish, istiqbolli yo’nalishlarini belgilash maqsadida Markaziy Osiyo mintaqasida komp'yuterda dasturlash bo’yicha jahon chempionati o’tkaziladi va unda oliy ta'lim muassasalaridan saralab olingan talabalar ishtirok e’tishadi.

Musobaqada qatnashayotgan jamoalar soni jami 58 tadan iborat bo’lib, har bir jamoaga 3 kishidan ishtirokchi va 1 tadan rahbar biriktirilgan. Mazkur musobaqa O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta'lim vazirligi, Halq ta'limi vazirligi hamda O’zbekiston aloqa va ahborotlashtirish agentligi, Toshkent ahborot tehnologiyalari universiteti tomonidan tashkil e’tiladi. Hozirgi kunda BMT Taraqqiyot va Dasturining “AKT Siyosati” (ICTP) loyihasi bu musobaqani o’tkazishni qo’llab quvvatlab kelmoqda.

Bizga ma'lumki, Oliy ta'lim muassasalarining terma komandalari o’rtasida dasturlash bo’yicha talabalar komandalari o’rtasida har yili o’tkaziladigan jahon chempionati komp'yuter olamida e’ng katta nufuzga e’ga bo’lgan ASM-Association for Computing Machinery (the First Society in Computing) tomonidan 1977 yildan buyon o’tkazib kelinmoqda. Ushbu musobaqalar jahon komp'yuter hamjamiyatida yosh sara dasturchilarning e’ng obro’li intellektual musobaqalari hisoblanadi.

Jahon chempionatini tashkil e’tish shemasi uch bosqichdan iborat:
-chorak final;
- yarim final;
- final.

Chorak final musobaqasida Respublikamizdagi 21 ta Oliy ta'lim muassasalaridan 58 ta komanda ishtirok e’tadilar. Musobaqa davomida 3 va undan ortiq masalalarni yechgan komandalar yarim final bosqichiga yo’llanma oladi.

Yarim final bosqichida bir necha mintaqaviy komandalar uchrashadilar va g’oliblikni qo’lga kiritgan komanda keyingi final bosqichiga yo’llanma oladi. Musobaqa natijasiga ko’ra jahon chempioni aniqlanadi.

Musobaqa shartlari quyidagicha:

-Dasturlash bo’yicha intellektual musobaqalar avtomatik testlovchi tizim orqali amalga oshiriladi. Ushbu tizim orqali har hil turdagi dasturlashga oid musobaqalarni lokal va global tarmoqlarda o’tkazish mumkin. Bu tizimda Dasturlash bo’yicha jahon chempionati qatnashuvchisiga tizim administratori tomonidan login va parol beriladi va bu yordamida qatnashuvchi faqatgina bitta komp'yuterda ishlashi talab e’tiladi. Masala shartlari e’sa qatnashuvchilarga musobaqa boshlanishidan ma'lum muddat oldin tarqatiladi.Tizimda e’sa shu masalalarni to’g’riligini avtomatik ravishda tekshiruvchi testlar oldindan jyuri a'zolari tomonidan tayyorlab qo’yiladi. Har bir masalaga ma'lum bir miqdorda testlar to’plami qo’yiladi;

-Masala yechimini bajarilishi uchun ma'lum bir vaqt va uning hajmi uchun ham ma'lum bir o’lchamlar talab e’tiladi. Bunga doir ma'lumotlar masala shartida beriladi. Barcha testlar bajarilsagina masala to’g’ri yechilgan deb topiladi. Dasturlash tillarini talab va takliflardan kelib chiqqan holda tizim administrator tomonidan qo’shish imkoniyati mavjud.

Qatnashuvchilar o’rtasida reyting quyidagicha aniqlanadi:
- ishlagan masalalar soniga ko’ra;
- jarima vaqtlariga ko’ra.

Agar ishtirokchining bitta urinishi noto’g’ri bo’lsa 20 daqiqa jarima bali beriladi. Bularning barchasi Dasturlash reglamentda ko’rsatilgan.

Boshlanish arafasida turgan jahon chempionati barcha ishtirok e’tayotgan komandalarga omad va muvaffaqiyat keltirishiga ishonaman zero, hukumatimiz tomonidan biz yoshlarga ko’rsatilayotgan e’'tibor va g’amho’rlik, bizni yanada ko’proq izlanishimizga, intilishimizga olib keladi va yelkamizga katta ma'suliyat hissini yuklaydi.

Printer Friendly Page Send this Story to a Friend Create a PDF from the article
The comments are owned by the poster. We aren't responsible for their content.
Language selection
English Russian Uzbek
Sites of Institute
Tanlov.uz
Search