Namangan engineering-economical institute
 
Main menu
Login
Username:

Password:


Lost Password?

Register now!
Counter
Links
News : Grant olish uchun tanlovlar e’lon qilindi
Posted by durbek82 on 2010/6/30 9:58:31 (335 reads)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi grant olish uchun tanlovlar e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasining nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining amalga oshirilishiga qaratilgan quyidagi mavzulardagi loyihalari ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi:

– yoshlarni, avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini, xususan qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun sharoitlar yaratish;

– xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ayrim tumanlarda va qishloq joylarda ularni kasbga o‘qitish ishlarini yaxshilash;

– yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlikdan, zararli ta’sirlardan, tashqaridan kirib keluvchi past saviyadagi turli «ommaviy madaniyat» tahdidlari va ta’sirlaridan asrab qolishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bitta loyiha bo‘yicha ajratiladigan eng katta grant miqdori – 10 mln. so‘m.

Hujjatlar ushbu e’lon ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy mobaynida qabul qilinadi. Hujjatlar 2010 yil 30 iyul soat 16-00 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda davlat ro‘yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov bo‘yicha hujjatlar kuzatuvchi xat bilan muhrlangan konvertda (A4 format): “100035, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Bunyodkor ko‘ch., 1-uy” manzilda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga (CD diskda elektron ko‘rinishdagi nusxasi bilan) yuborilishi shart.

Tanlovning respublika hududlaridan ishtirok etuvchilari hujjatlarni skaner qilingan rahbar imzosi va tashkilotning muhri bilan grant-9-ngo@inbox.ru elektron manzilga yuborishlari mumkin. Barcha matnli hujjatlar Times New Roman 14 shriftida tayyorlanishi kerak.

Tanlovda ishtirok etish shartlari va tanlov hujjatlari namunalari bilan Fondning quyidagi rasmiy saytida (www.fundngo.uz), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining Ijrochi devonida tanishish mumkin (tel.: 239-26-76, 239-84-42).
* * *

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

GRANT OLISH UCHUN TANLOV E’LON QILADI

O‘zbekiston Respublikasining nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyati boshqa institutlaridan ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan, quyidagi mavzulardagi loyihalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi:

– aholining ekologik savodxonligini oshirish, suv obyektlari va havo muhitining ifloslanishi darajasini kamaytirish;

– nogironlar ta’limi va ularni tarbiyalash uchun qulay sharoitlar yaratish, ular jamiyatlari va uyushmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Bitta loyiha bo‘yicha ajratiladigan eng katta grant miqdori – 8 mln. so‘m.

Hujjatlar ushbu e’lon ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy mobaynida qabul qilinadi. Hujjatlar 2010 yil 30 iyul soat 16-00 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda davlat ro‘yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov bo‘yicha hujjatlar kuzatuvchi xat bilan muhrlangan konvertda (A4 format): “100035, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Bunyodkor ko‘ch., 1-uy” manzilda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga (CD diskda elektron ko‘rinishdagi nusxasi bilan) yuborilishi shart.

Tanlovning respublika hududlaridan ishtirok etuvchilari hujjatlarni skaner qilingan rahbar imzosi va tashkilotning muhri bilan grant-10-ngo@inbox.ru elektron manzilga yuborishlari mumkin. Barcha matnli hujjatlar Times New Roman 14 shriftida tayyorlanishi kerak.

Tanlovda ishtirok etish shartlari va tanlov hujjatlari namunalari bilan Fondning quyidagi rasmiy saytida (www.fundngo.uz), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining Ijrochi devonida tanishish mumkin (tel.: 239-26-76, 239-84-42).

Printer Friendly Page Send this Story to a Friend Create a PDF from the article
The comments are owned by the poster. We aren't responsible for their content.
Language selection
English Russian Uzbek
Sites of Institute
Tanlov.uz
Search