Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti web portali
 
Bosh menyu
Login
Ïîëüçîâàòåëü:

Ïàðîëü:


Parolni unutdingizmi?

Ro`yhatdan o`tish
Statistika
Havolalar
Yangiliklar : Harbiy-Vatanparvarlik Va Ta’lim
Íàïèñàë durbek82 â 25/01/2010 9:52:24 (502 ïðî÷òåíèé)

Yosh avlod ongi va qalbida ona Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, umrboqiy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, fidoyilik, yurt taqdiri uchun daxldorlik kabi ezgu g‘oyalarni qaror toptirishda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Bugungi kunda yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablari, maktabgacha, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, Mehribonlik uylari, bolalar badiiy ijodiyoti markazlarida mazkur yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yosh avlod ongi va qalbida ona Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, umrboqiy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, fidoyilik, yurt taqdiri uchun daxldorlik kabi ezgu g‘oyalarni qaror toptirishda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Bugungi kunda yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablari, maktabgacha, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, Mehribonlik uylari, bolalar badiiy ijodiyoti markazlarida mazkur yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2009 yil 29 dekabrda qabul qilingan Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga oid farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi o‘quv maskanlarida ushbu bayramga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Barcha ta’lim maskanlarida «Milliy armiyamiz – mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir» mavzuida ijtimoiy siyosiy bilimlar kunlari, anjumanlar, uchrashuvlar, muloqotlar o‘tkazilmoqda.

O‘quvchi-yoshlarda fidoyilik, matonat, mustahkam iroda, birodarlik, hamjihatlik kabi fazilatlarni shakllantirishda «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni», «Hushyorlik va sergaklik – zamon talabi», «Harbiy islohotlar – zamonaviy professional armiyaning asosi» kabi mavzulardagi davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar ayniqsa qiziqarli o‘tmoqda. «Vatan himoyasi – muqaddas burch» mavzuidagi insholar, devoriy gazetalar, rasmlar ko‘rik-tanlovida yurtimizning barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘z insholari, she’r va hikoyalari, rasmlari, fotosuratlari bilan faol ishtirok etmoqda.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash farzandlarimizni Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilishga tayyorlashning muhim bosqichidir. Yurtimizdagi barcha maktablarda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini olib borishda ta’limning xilma-xil shakl va uslublaridan keng foydalanilmoqda. «Vatan tuyg‘usi», «Odobnoma», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» kabi fanlarni o‘qitishda, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida harbiy sport turlari bo‘yicha musobaqalar, sport festivallari, intellektual bellashuvlar, ko‘rik-tanlovlar, viktorinalarni o‘tkazishda bu jihatlar o‘z tasdig‘ini topmoqda. Bilim dargohlarida soha mutaxassislari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, ilg‘or o‘qituvchi va murabbiylar ishtirokida tashkil etilayotgan «Jasorat darslari» milliy armiyamizning Vatanimizning hududiy daxlsizligi, tinchlik va osoyishtaligimizni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati, Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini o‘quvchilar ongiga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Turli muzey va boshqa ma’naviyat maskanlarida tashkil etilayotgan ochiq darslar, uchrashuvlar, ijodiy kechalar o‘g‘il-qizlarda Vatanga sadoqat, buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib farzand bo‘lish, mustaqillikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash kabi g‘oyalarni mustahkam qaror toptirishga xizmat qilmoqda.

Chop etish Maqolani do'stga yuborish _NW_MAKEPDF
Êîììåíòàðèè ïðèíàäëåæàò èõ àâòîðàì. Ìû íå íåñåì îòâåòñòâåííîñòè çà èõ ñîäåðæàíèå.
Tilni tanlash
English Russian Uzbek
Institut saytlari
Tanlov.uz
Qidiruv