Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti web portali
 
Bosh menyu
Login
Ïîëüçîâàòåëü:

Ïàðîëü:


Parolni unutdingizmi?

Ro`yhatdan o`tish
Statistika
Havolalar
Yangiliklar : Ta’lim-tarbiyaning muhim mezoni
Íàïèñàë durbek82 â 11/01/2010 15:06:13 (427 ïðî÷òåíèé)

Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ma’naviyatning ma’no-mazmuni, inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati, nazariy va amaliy jihatlari keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etilib, istiqlol yillarida milliy ma’naviyatimizni tiklash va zamon ruhi asosida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi maqsad va vazifalar haqida atroflicha fikr yuritilgan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida mazkur asarning ta’lim muassasalarida o‘qitilishini tashkil etish bo‘yicha seminar-taqdimot o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi, qator ilmiy-ma’rifiy tashkilotlar vakillari, olimlar, o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori G‘.Muhamedov, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari M.Hojimatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi rektori Q.Nazarov, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari M.Quronov davlatimiz rahbari rahnamoligida yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etishda mustaqil fikrli, teran tafakkurli, Vatan taqdiri uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, barkamol yoshlarni voyaga yetkazish, o‘g‘il-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanganini ta’kidladi. Barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida milliy ma’naviyatimizni tiklash, boy tarixiy merosimizni chuqur o‘rganish, umrboqiy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, xalqimiz, ayniqsa yoshlar tafakkurining o‘zgarishi va yuksalishidek ezgu maqsadga yo‘naltirilgan.

Bugungi kunda yurtimiz ta’lim maskanlarida yoshlarga puxta bilim berish, kasb-hunarga yo‘naltirish barobarida ta’lim va tarbiyaning o‘zaro uyg‘un holda olib borilishiga, yigit-qizlarni milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, millatimiz uchun zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalashga dolzarb masala sifatida yondashilmoqda. Ayni paytda yoshlar kamolotida g‘oyat muhim o‘rin tutuvchi ma’rifat dargohlari – maktablar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalari, kutubxonalar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va san’at maskanlari, ijodiyot markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sharoitini yanada yaxshilash, faoliyatini sifat va mazmun jihatdan takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Hozirgi kunda yurtimiz ta’lim maskanlarida «Ma’naviyat asoslari» fani o‘qitilmoqda. Muntazam ravishda ma’naviyat saboqlari, ko‘rik-tanlovlar, ilmiy anjumanlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, olimlar, yozuvchi va shoirlar, ijodkor ziyolilar ishtirokida muloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ongu-shuurida ruhiy poklik, ma’naviy uyg‘oqlik tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirish, bu boradagi ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot ishlarini doimiy, samarali va ta’sirchan tarzda, ilg‘or pedagogik usullarni qo‘llagan holda, zamon ruhiga hamohang ravishda tashkil etishni davrning o‘zi taqozo etmoqda.
Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida bu borada aniq vazifalar belgilab berilgan. Yoshlarning ma’naviy olamini asrash va mustahkamlash, boyitish, yosh avlod qalbi va ongini turli zararli g‘oyalar ta’siridan saqlash va himoya qilishning eng muhim yo‘nalishlari teran tahlil etilgan. Yangi o‘quv semestridan boshlab ushbu asar yurtimizning barcha oliy ta’lim maskanlari birinchi bosqichlarida o‘qitiladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv qo‘llanma, fakultativ kurslar dasturi, elektron darslik tayyorlandi.

Seminar-taqdimotda «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarini ta’lim muassasalarida samarali va ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishni tashkil etishning yo‘llari, ma’naviyatshunoslik fanlari tizimining dolzarb masalalari, intellektual boylikka intilish – taraqqiyot asosi, mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi va muhokama etildi.

Chop etish Maqolani do'stga yuborish _NW_MAKEPDF
Êîììåíòàðèè ïðèíàäëåæàò èõ àâòîðàì. Ìû íå íåñåì îòâåòñòâåííîñòè çà èõ ñîäåðæàíèå.
Tilni tanlash
English Russian Uzbek
Institut saytlari
Tanlov.uz
Qidiruv