Namangan engineering-economical institute
 
Main menu
Login
Username:

Password:


Lost Password?

Register now!
Counter
Links
News : Media mahsulotlar festivali
Posted by durbek82 on 2009/12/22 10:04:09 (466 reads)

Buxoro shahrida ijtimoiy mavzudagi media mahsulotlar II Milliy festivali bo‘lib o‘tdi. Anjuman Adliya, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mehr nuri”, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armalari kabi bir qator davlat, jamoat tashkilotlari tashabbusi bilan tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – sog‘lom turmush tarzi, umuminsoniy qadriyatlar, o‘lmas milliy an’ana va urf-odatlar, insonparvarlik hamda muruvvat g‘oyalarini targ‘ib etish, shuningdek, OITS, giyohvandlik singari illatlarga qarshi kurashishda jamiyatning faolligini oshirish, aholining fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, kishilarni ogohlikka undashda ommaviy axborot vositalarining o‘rnini kuchaytirish va rag‘batlantirish, bu boradagi ilg‘or tajribani ommalashtirishdan iborat.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar, barcha yo‘nalishlardagi keng ko‘lamli islohotlar mohiyatini izchil yoritishda, aholi, ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimi va madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati beqiyos. Ayni paytda yurtimizda xususiy radio va telestudiyalar faoliyatini takomillashtirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Festivalda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 20 ga yaqin nodavlat teleradiostansiyalar sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar aks ettirilgan 400 ga yaqin media-mahsulotlar, radio va videoroliklar bilan ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi SH.G‘ulomov, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi A.Alimov va boshqalar mamlakatimizda mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning jamiyatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni, mazkur festivalning ahamiyati xususida to‘xtaldilar.

Festival doirasida ijtimoiy mavzuda eng yaxshi audio va video mahsulotlari tanlovi ham o‘tkazildi. “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” nominatsiyasida “Samarqand STV” ijodiy uyushmasi, “Insonparvarlik va mehr-muruvvat” nominatsiyasida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasining Nodavlat televizion tarmoq (NTT) bilan hamkorlikdagi videolavhasi, “Umuminsoniy qadriyatlar, asriy an’analar va o‘zbek xalqining urf-odatlarini asrash” nominatsiyasida Surxondaryo viloyatidagi “Ishonch” televideniyesi, “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish” nominatsiyasi bo‘yicha Buxoro shahridagi “Istiqlol TV” teleradiostudiyasi, “Yuqumli kasalliklarning oldini olish” nominatsiyasida “Jizzax” televideniyesi tayyorlagan roliklar birinchi o‘ringa loyiq topildi.

Shu kuni “Istiqlol-TV” teleradiostudiyasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Printer Friendly Page Send this Story to a Friend Create a PDF from the article
The comments are owned by the poster. We aren't responsible for their content.
Language selection
English Russian Uzbek
Sites of Institute
Tanlov.uz
Search