Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti web portali
 
Bosh menyu
Login
Ïîëüçîâàòåëü:

Ïàðîëü:


Parolni unutdingizmi?

Ro`yhatdan o`tish
Statistika
Havolalar
Yangiliklar : Kutubxonachilar tanlovi
Íàïèñàë durbek82 â 23/11/2009 9:26:30 (469 ïðî÷òåíèé)

Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.

(O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 42-modda)

Poytaxtimizda O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati hamkorligida tashkil etilgan “Eng mehrli kutubxonachi” respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizda ijtimoiy-tibbiy holatidan qat’i nazar barcha fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ko‘maklashish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda aholining alohida e’tiborga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga tibbiy, ijtimoiy, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishning mustahkam iqtisodiy-huquqiy kafolatlari yaratilgan.

Jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarni tibbiy-psixologik va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, sog‘ligini muhofazalash, zarur dori-darmon va tayanch-harakat, protez-ortopediya vositalari bilan ta’minlash, imkoniyatiga ko‘ra kasb-hunar egallashiga, mehnat qilishiga yaqindan yordam berish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishdagi ezgu ishlarda ijtimoiy ko‘makka muhtoj kishilar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bilim va tafakkurini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida ko‘rish qobiliyati cheklangan kishilar uchun yetmish yettita ixtisoslashtirilgan kutubxona xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu ziyo maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kitob zaxirasini boyitish, axborotlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish doimiy e’tiborda.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Eng mehrli kutubxonachi» respublika ko‘rik-tanlovi ijtimoiy ko‘makka mutoj kishilar uchun faoliyat ko‘rsatayotgan kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, ulardagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar saviyasini oshirish, soha xodimlarining ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish, mutaxassislarning o‘zaro fikr va tajriba almashishi uchun imkon yaratishdan iboratdir.

Ko‘rik-tanlovda ixtisoslashtirilgan kutubxonalar xodimlarining kasb malakasi va mahorati, bilimi, ilg‘or texnologiyalarni ish jarayoniga qo‘llash ko‘nikmasi kabi jihatlarga asosiy mezon sifatida yondoshildi.

Tanlovda Jizzax viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi xodimasi Shoira Hamidova birinchi o‘rinni egalladi.

Chop etish Maqolani do'stga yuborish _NW_MAKEPDF
Êîììåíòàðèè ïðèíàäëåæàò èõ àâòîðàì. Ìû íå íåñåì îòâåòñòâåííîñòè çà èõ ñîäåðæàíèå.
Tilni tanlash
English Russian Uzbek
Institut saytlari
Tanlov.uz
Qidiruv