«Buxgalteriya hisobi va audit» kafedra mudiri – Sharipov Botirali Rohataliyevich
Ilmiy darajasi1: iqtisod fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni: dotsent
Tug’ilgan yili: 5.03.1953
Tug’ilgan joyi: Namangan viloyati, Chust tumani
Tamomlagan: 1978 yil, Moskva xalq xo’jaligi instituti (kunduzgi)
Ma`lumoti bo’yicha mutaxassisligi: buxgalter-revizor
U 12.05. 2005 dan buyon: «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi mudiri
MEHNAT FAOLIYATI
1970-1971 yy. - Namangan viloyati Chust tumani Kalinin nomli jamoa xo’jaligi brigada hisobchisi
1971-1973 yy. - Harbiy xizmatda
1973-1975 yy. - Toshkent xalq xo’jaligi instituti talabasi
1975-1978 yy. - V.G.Plexanov nomidagi Moskva xalq xo’jaligi instituti talabasi
1978-1982 yy. - Farg’ona politexnika instituti «Buxgalteriya hisobi» kafedrasi assistenti
1982-1983 yy. - N.A.Voznesenskiy nomli Leningrad moliya-iqtisod instituti tadqiqotchisi
1983-1987 yy. - M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti aspiranti
1987-1989 yy. - Farg’ona politexnika instituti assistenti (o’rindoshlik asosida Iqtisod fakul’teti dekan muovini)
1989-1991 yy. - Namanganirstroy tresti iqtisod bo’limi boshlig’i va iqtisodiy masalalar bo’yicha boshqaruvchi muovini
1991-1999 yy. - Namangan muhandislik-pedagogika instituti «Iqtisodiyotni boshqarish» kafedrasi mudiri
1999-2000 yy. - Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Buxgalteriya hisobi» kafedrasi dotsenti
2000-2005 yy. - Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti Moliya fakul'teti dekani (o’rindoshlik asosida «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi dotsenti)
2005-2007 yy. - Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi mudiri
2007-2008 yy. - Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektor vazifasini bajaruvchisi (o’rindoshlik asosida «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi mudiri)
2008 y. h.v. - Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi mudiri
1993 yilda «Iqtisod» fakul’teti tarkibida «Marketing va buxgalteriya hisobi» kafedrasi tashkil etilib, «Sanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi, nazorat va xo’jalik faoliyati tahlili» yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlangan.
1997 yilning 2 sentyabrda institut Ilmiy Kengashi qaroriga asosan «Marketing va buxgalteriya hisobi» kafedrasi tarkibidan «Iqtisod, buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi ajralgan va «Iqtisodiyot» bakalavr ta`lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlangan. 2001 yilda «Moliya» fakul teti tarkibida institut Ilmiy Kengashi qaroriga asosan «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi tashkil etilib, kafedra 5340900-«Buxgalteriya hisobi va audit» ta`lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar va 5A340901-«Buxgalteriya hisobi» mutaxasisligi bo’yicha magistrlar uchun mutaxassis kafedra hisoblanadi. 2008 yil sentyabr oyidan kafedra «Iqtisod» faku teti tarkibida faoliyat yuritmoqda.
O’tgan qisqa davr ichida kafedra a`zolari soni shu soha bo’yicha professor va dotsentlar bilan ko’payib bormoqda. Bugungi kunda kafedra tarkibida 15 nafar o’qituvchi bo’lib, shundan 1 nafar professor, 4 nafar dotsent, 5 nafar katta o’qituvchi va 5 nafar assistentlardir.
Kafedra O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning vazifalaridan kelib chiqib, talabalarga ma`ruza va amaliy mashg’ulotlarni yuqori saviyada olib borishga jiddiy e`tibor qaratmoqda. O’qitishning yangi pedagogik texnalogiyasini joriy qilinmoqda.
Kafedra AQSh Meriland Universiteti, Tosh.DIU, Tosh.MI, O’zb.Res.BMA, O’zb.Res.BAA, And.MII, Far.PI, Nam.PI va qator ishlab chiqarish korxonalari bilan aloqa o’rnatib hamkorlik shartnomalari tuzgan.
Kafedra mudiri dotsent Sharipov B.R shu kunda Viloyat Buxgalter va Auditorlar Milliy Assostsiatsiyasi Prezidenti hisoblanadi va uning faloiyatida kafedra faol ishtirok etmoqda.
Kafedra a`zolaridan Sharipov B.R va Qodirova A.lar doktorlik, katta o’qituvchi A.Xolmirzaev, R.Ishimbaev, G’.G’anievlar nomzodlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanish ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra a`zolari tomonidan oxirgi 5 yilda 40 dan ziyod ilmiy maqola va ma`ruzalar qilindi, 100 dan ziyod uslubiy qo’lldanmalar tayyorlandi. Kafedra institut ma`muriyati va fakul'tet dekanati tomonidan rejalashtirilgan barcha ma`naviy – ma`rifiy ishlarda faol qatnashadi, talabalar uyida oyida bir marta « Kafedra kuni » o’tkaziladi.
Kafedrada xozirgi davrgacha 300 dan ortiq «Buxgalteriya hisobi va audit» ta`lim yo’nalishidagi bakalavrlar, 35 nafar «Buxgalteriya hisobi» magistr mutaxasislari tayyorlanib, ular Respublikamiz va viloyatimiz iqtisodiy tarmoqlarida ishlab kelmoqdalar.
|