Namangan engineering-economical institute
 
Main menu
Login
Username:

Password:


Lost Password?

Register now!
Counter
Links
Place of residence of students of NamIEI
  Posted on Wed 19 Aug 2009 by durbek82 (373 reads)

Yaxshi dam mehnatga hamdam

Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutining “Talabalar turar joyi” yoshlarning eng sevimli maskanlaridan biri hisoblanadi.

Ma`lumki qaerda kulay sharoit yaratilib inson omiliga diqqat e`tibor qaratilgan bo’lsa, o’sha joyda kutilgan natijalarga erishilaveradi. Ayniqsa, yosh avlod tarbiyasi, ularni komil inson qilib voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bois istiqlol yillarida mustakilligimizning tayanchlariga aylanayotgan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlanayotganligi har birimizni kuvontiradi. Litsey , kollej, oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotganlar uchun jahon talablari asosida jihozlangan o’quv laboratoriya, talabalar turar joylari xonalari bunga yaqqol misoldir.

Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti “Talabalar turar joyi”dagi sharoitlar fikrimiz isbotidir. Bu maskan 1976 yili ishga tushirilgan. 121 ta xona talabalar hizmatida. 400 nafar talabaga mo’ljallangan. Shundan 2 kishilik xonalar 63 ta, 3 kishilik 58 ta xonani tashkil etadi. Bino 2005 yili joriy ta`mirlangan. Maskan loyiha asosida 4 qavatdan iborat. Bino 6840 kv.m. bo’lib umumiy yashash maydoni esa 3200 kv.m.iborat shundan 3640 kv.m hizmat ko’rsatiladi. Hozirda 300 nafar talaba istiqomat qiladi. Shundan 75 nafari qizlar, 225 nafari o’g’il bolalardir.

“Talabalar turar joyi”da dazmollash, sartaroshlik, kosiblik, novvoylik va kompyuter hamda internet tarmog’i, kserokopiya xizmati yo’lga qo’yilgan. Birinchi qavatda muqobil militsiya tayanchi punkti faoliyat ko’rsatadi. Sobiq harbiy talabalardan yosh posbonlar guruhi navbatchiligi yo’lga qo’yilgan. Xona telefonlashgan. ommaviy axborot vositalarining yangi sonlari taxlami, zarur adabiy, badiiy, siyosiy kitoblar mavjud. Institut “Ma`naviyat va ma`rifat” markazi, uning “Talabalar turar joyi”da filiali ham bor. “Axborot resurs markazi” shahobchasi ishlaydi. “Axborot guruhi” faoliyat ko’rsatayapti. Stol tennisi, shaxmat-shashka to’garaklari faoliyat ko’rsatayapti. “Kafedra kunlari” tashkil etilayotgan.

Vaqti-vaqti bilan rejali ravishda tadbirlar va turli soha vakillari taklif etilib ular bilan muloqotlar uyushtiriladi. “Adolat qutisi” o’rnatilgan.
“Talabalar turar joyi”ning foesi va devorlarida yurtimizning boy tarixi, buguni va ertasiga doir shiorlar, hikmatli so’zlar va plakatlar bilan bezatilgan. 2009-2010 o’quv yili boshlanishi arafasida institutda, xususan “Talabalar turar joyi”da katta hajmda mukammal ta`mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Har hafta bajarilgan ishlar va oldinda turgan dolzarb vazifalar rektoratning ertalabki yig’ilishida muhokama qilinadi. Avvalo, har bir qavatda talaba qulay dam olishi, darslarga puxta tayyorgarlik ko’rishi uchun zarur madaniy-maishiy sharoitlar o’rganib chiqiladi. Yutuq va kamchiliklar atroflicha muhokama etiladi. Ayniqsa, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilyapti. og’il bolalar va qizlar uchun alohida-alohida xojatxonalar, yuvinish xonalari 2009-2010 o’quv yiliga mukammal ta`mirlanayapti. Birinchi qavatdagi “Kamolot YoIHBT” muntazam ish olib bormoqda. “Iqtidorli talabalar bilan ishlash” bo’limi doimo yoshlar bilan gavjum. ovqat tayyorlash uchun alohida oshxona ta`mirlanib, 20 ta qozonda ovqat pishirish imkoniyati yaratildi. Ayni paytda 4 ta gaz plitasi ham talabalar xizmatida. Mavjud yumshoq va qattiq jihozlar sanitariya-gigiena talablariga javob beradi.


Kunduzgi va kechki kafe hizmati yo’lga qo’yilgan. oqshomlari talabalarning bo’sh vaqtlarini ko’ngilli o’tkazish uchun shou-kechalari uyushtirilmoqda.

Haftada bir marta xonalar, zallar va yerto’lalar zararkunanda hasharotlarga qarshi dorilanmoqda.

Rektorat, “Ma`naviyat va ma`rifat” markazi, institut birlashgan kasaba uyushma qo’mitasi, xotin-qizlar qo’mitasi, Kamolot YOIXBT bilan hamkorlikda “Talabalar turar joyi”da zarur qulayliklarni yaratishga
intilyapmiz. Xududni obodonlashtirish ishlarini davom etmoqda. Gulxonalar, mevali va manzarali daraxtlar ham yetakchilar boshchiligida guruhlarga biriktirilgan. Ayni paytda har bir xonada gul
parvarishlash bo’yicha talabalar o’rtasida tanlov o’tkazish tayyorgarligi ketyapti. Zamonaviy mebellar, jihozlar, texnika vositalari, madaniy-maishiy uskunalar, kompyuterlar, sport, kutubxona, yuvinish xonalari, oshxonalardan o’rinli foydalanish talabalarning ma`naviy-ma`rifiy saviyasini yanada oshirib, bilim va tafakkurini yuksaltirmoqda.


Talabalar turar joyi rahbari S.Iskandarov.



Back :: Print :: E-mail
Language selection
English Russian Uzbek
Sites of Institute
Tanlov.uz
Search