Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti web portali
 
Bosh menyu
Login
Ïîëüçîâàòåëü:

Ïàðîëü:


Parolni unutdingizmi?

Ro`yhatdan o`tish
Statistika
Havolalar
«Xotin - qizlar» qo`mitasi
  Joylashtirilgan Wed 19 Aug 2009 by durbek82 (338 o'qildi)

«Xotin - qizlar» qo`mitasi

Vohidova Komila Abdullozizovna

Ilmiy darajasi: tarix fanlari nomzodi

Ilmiy unvoni: Yo’q

Tug’ilgan yili: 27.02.1968

Tug’ilgan joyi: Namangan viloyati, To’raqo’rg’on
tumani

Tamomlagan: 1990 yil, Toshkent davlat pedagogika instituti (kunduzgi)


Ma lumoti bo’yicha mutaxassisligi: tarix, tarix va pedagogika o’qituvchisi, tarbiyaviy ishlar bo’yicha metodist.

Telefon: + 99890 5333885.

Elektron pochta: Vohidova.K @mail.ru

U 14.03. 2009 dan buyon Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi. U 1968 yil 27 fevralda Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani Sayram qishlog’ida tug’ilgan. Millati o’zbek. 1985 yilda Nizomiy nomli TDPI ning tarix fakulteti kunduzgi bo’limiga o’qishga kirib, 1990 yilda tugallagan. Uning mehnat faoliyati quyidagicha:

U 14.03. 2009 dan buyon :

Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi


MEHNAT FAOLIYATI


1985-1990 yy. - Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti talabasi

1992-1993 yy. - Namangan davlat universiteti «Umumiy tarix» kafedrasi fan kabineti mudiri

1993-1994 yy. - Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi

1995-1998 yy. - O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti aspiranti

1998-2002 yy. - O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti kichik ilmiy xodimi, ilmiy xodimi

2002-2003 yy. - Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Milliy istiqlol g’oyasi» kafedrasi assistenti

2003-2006 yy. - Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Milliy istiqlol g’oyasi» kafedrasi katta o’qituvchisi

2006-2008 yy. - Farg’ona politexnika instituti «O’zbekiston tarixi» kafedrasi katta o’qituvchisi

2008 -2009 yy –


2009 y . h.v. - Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi katta o’qituvchisi

Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi


Mutaxassisligi: 07.00. 09 – Tarixshunoslik, manbashunoslik, tarixiy tadqiqot usullari. 2002 yil 28 noyabrda “Ishoqxon Junaydullohxo’ja o’g’li
Ibratning tarixiy ilmiy merosi” mavzuyida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Bugungi kunda tarix fanlari nomzodi, dotsent vazifasini bajaruvchi sifatida “Ijtimoiy gumanitar fanlar”kafedrasida hamda Institut Xotin – qizlar qo’mitasi raisi, Ma`naviy- ahloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektorning jamoatchilik asosidagi o’rinbosari vazifalarida faoliyat yuritmoqda.

Xozirga qadar uning 20 dan ortiq ilmiy maqolalari Rossiya, Qirg’iziston kabi SNG va respublika jurnallarida e`lon qilingan. 2008 yilda olimaning “Fan” nashriyotida “Ishoqxon Junaydullohxo’ja o’g’li Ibratning tarixiy ilmiy merosi” mavzuyidagi ilmiy monografiyasi nashr etildi.


Namangan muhandislik –iqtisodiyot instituti Xotin qizlar kengashi


O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi birinchi navbatda O’zbekiston
xotin – qizlari va ularning farzandlariga keng imkoniyatlar berdi. O’zbekiston
Xotin-qizlari kengashi faol nodavlat jamoatchilik tashkiloti sifatida O’zbekiston
Respublikasi mustaqil davlat sifatida tashkil topganidan buyon mamlakatimizda
faoliyat yuritmoqda. Institut Xotin-qizlari kengashi Institut Nizomi va tarkibiy
tuzilishidan kelib chiqib, 1992 yilda tashkil etilgan.

Kengash jamiyatda ayollarning ijtimoiy – siyosiy, ma`naviy – ma`rifiy
sohalarda keng ishtiroki va salohiyatini yuksaltirish, ularning jamiyat hayotidagi
obro’ –e`tibori va nufuzini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Namangan muhandislik - iqtisodiyot instituti Xotin - qizlar kengashi ham o’z
Nizomi Respublika Xotin- qizlar kengashi hamda yuqori tashkilotlarning buyruqlari
asosida institut ma`muriyati bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Namangan muhandislik - iqtisodiyot instituti Xotin - qizlar kengashi bugungi
kunda quyidagi vazifalarni amalga oshirmoqda:

Jumladan, bular:

1.Xotin – qizlar huquqiy madaniyatini oshirish;

2. Qishloq ayollari mehnatini qadr- qimmatini oshirish;

3. Reproduktiv, tug’ish yoshidagi ayollar salomatligini yaxshilash;

4. Xotin - qizlarning dinga munosabati masalasi.



Institut xotin – qizlar kengashi rayosati qo’yidagicha tuzilgan:


Xotin qizlar kengashi raisi – ma`naviy,

ahloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor o’rinbosari


Menejment fakulteti Iqtisod fakulteti Mehanika-texnologiya fakulteti

Xotin-qizlar kengashi Xotin-qizlar kengashi Xotin-qizlar kengashi



Bugungi kunda institutda jami 398 ta xotin qizlar bo’lib, bulardan 251
tasini talaba qizlar va 147 tasini professor – o’qituvchi va ishchi
xodima ayollar tashkil etadi.



Bo'limlar :: Chop etish :: E-mail
Tilni tanlash
English Russian Uzbek
Institut saytlari
Tanlov.uz
Qidiruv