| «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkiloti |
|---|
| Joylashtirilgan Wed 19 Aug 2009 by durbek82 (383 o'qildi) |
|
Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Hojiyev Ibrohim Ikramovich. Hojiyev Ibrohim Ikramovich 1989 yil 15 avgustda Namangan shahrida ziyoli oylasida tavallud topgan. 2007 yili Namangan viloyati Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan axsus maktab internatini tamomlagan. 2007 yildan Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti "Iqtisod" fakulteti talabasi. 2007-2008 yillarda Namangan viloyat “Kamolot” YoIH qoshida tashkil etilgan “Fidoiy yoshlar” klubi koordinatori (jamoatchilik asosida). 2008- h.v yilda Namangan viloyat “Kamolot” YoIH oshida tashkil etilgan “Sardorlar maktabi” viloyat bosh sardori (jamoatchilik asosida). 2008 yil 15 dekabrdan boshlab Namangan muhandislik-iqtisodiyot institute “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti yetakchisi. Namangan muhandislik-iqtisodiyot institute “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti 2002 yil 7 fevralda nodavlat- notijorat tashkilot sifatida adliya boshqarmasi tomonidan 229 – sonli guvohnoma berilgan. Namangan muhandislik-iqtisodiyot institute “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti instituti yoshlarini qarib 90% harakat safiga jalb qilishga erishdi. Boshlang’ich tashkilotning asosiy maqsadi – institut yoshlarini ozod va obod Vatan yaratishdek ulug’ maqsad yo’lida birlashtirish, milliy g’oyamizga tayangan holda mustaqil O’zbekistonning jismonan sog’lom, ma’naviy yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni, bozor iqtisodiyoti asoslarini chuqur egallangan yoshlarni voyaga yetkazishga har tomonlama ko’maklashish, o’sib kelayotgan avlodning inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug’lashga, xalqimizning obro’si va nufuzini, yurtimizning shon-shuhratini oshirishga xizmat qiladigan uzoq muddatli keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-a’rifiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlashdan iboratdir. Tel: (+99869) 232 65 77 e-mail: IBROHIM_SM@mail.ru |

